O‘zbekistonda 28-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:28 da zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda FVV seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.
Qayd etilishicha, zilzila episentri Toshkentdan 327 kilometr janubiy-sharqda joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 15 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 4,1 ga teng bo‘lgan.
Yerosti silkinishlari kuchi Andijon viloyatida sezilgan:
- Xonobod tumanida — 4 ball;
- Qo‘rg‘ontepa tumanida — 3 ball;
- Jalaquduq tumanida — 2 ball;
- Xo‘jaobod tumanida — 2 ball.
Bundan avval Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila Farg‘ona viloyatida sezilgani, Farg‘ona viloyatida 2 ballik hamda Buxoroda 3,5 ballik zilzila qayd etilgandi.