21-sentabr kuni viloyat IIB JQB hamda Andijon tuman IIB bilan hamkorlikda “Qoradori-2018” tadbiri o‘tkazildi, deb xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.
Tadbir davomida Paxtaobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.Q. Andijon tumani U.Yusupov ko‘chasida xolis haridor E.G.ga 10 dona bo‘lak qilib o‘ralgan, og‘irligi 105,22 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvand moddasini 1500 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ushlandi.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha A.Q.ga nisbatan Andijon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.