Andijon shahri hokimi jarimaga tortildi – Bosh prokuratura

Sud qarori bilan Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev Oʻzbekiston Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, eng kam ish haqining 30 baravari miqdorida jarima jazosi qoʻllanildi. Bu haqda Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: tashrif.uz

«Tekshirish davomida viloyat prokuraturasi tomonidan kiritilgan taqdimnoma asosida xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi tomonidan D.Rahmatullayevni maʼmuriy javobgarlikka tortishga rozilik berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan», deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Andijon shahar hokimi D.Rahmatullayev shu yilning 16 oktyabr kuni shahardagi bir qator taʼlim muassasalari rahbarlarini nojoʻya soʻzlar bilan haqorat qilganligi yozilgan audioyozuv internetda tarqalgan va bu holat yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan tekshirish boshlanganligi xabar berilgandi.

Latest from Blog