Alisher Uzoqov xozirgi filmlar dublyajini maynavozchilik deb atadi


Aktyor Alisher Uzoqov o‘zining Instagram profilida xozirgi filmlar dubylajini maynavozchilik deb atadi.

Aktyor My5 telekanalida namoyish etilayotgan Jek Richer 2 filmini suratga olib ijtimoy tarmoqqa joylagan va shunday murojat qoldirgan:

«My5 Tv va boshqa telekanallarga xurmatni saqlagan holda aytmoqchiman. Dublyaj… Oldingi filmlarni aynan dublyaj uchun ko‘rardik. Xozirgi filmlarni aynan dublyaji uchun ko‘rgim kelmaydi. Sal e’tiborliroq bo‘lishsa menimcha xozirgi imkoniyatlarda yaxshi natijalarga erishsa bo‘ladi. Maynavozchilik… Tarjima. Ovoz. Ovoz rejissyori mana shularga e’tobor berishi kerak, Tv rahbarlari!»

Alisher Uzoqovning fikriga ko‘pchilik foydalanuvchilar qo‘shilgan. Ular orasida hatto xonanda Jahongir Otajonov ham «Ilosi yo‘q ishlar-ku bu ishlar» deb izoh qoldirgan.

Uzoqov bu murojatidan hech kimning xafa bo‘lmasligini so‘rab, yaxshi niyatda yozganini ham qo‘shib qo‘ygan.

Alisher Uzoqov o‘nlab Gollivud, Bollivud, rus va o‘zbek filmlaridagi dublyaj ishlarida ishtirok etgan. Ayni vaqtda aktyor Zo‘rTv telekanalidagi ko‘rsatuvlarda boshlovchilik qilmoqda.

 

@my5tv бу телеканалга ва бошқа телеканалларга хурматни сақлаган холда айтмоқчиман. Дубляж… Олдинги фильмларни айнан дубляж учун кўрардик. Хозирги фильмларни айнан дубляжи учун кўргим келмайди. Сал эътиборлироқ бўлишса менимча хозирги имкониятларда яхши натижаларга эришса бўлади. Майнавозчилик… Таржима. Овоз. Овоз режисёри: мана шуларга яхшилаб эътибор бериш керак тв рахбарлари! Хафа бўлиш йўқ. Яхши бўлишини хохлаганимдан. ✌😈

Публикация от Алишер Узаков (@alisheruzakov_official)

Fikr bildirish

Latest from Blog