Rossiyada faoliyat olib boradigan asli o‘zbekistonlik tadbirkor Alisher Usmonov Toshkentning «Paxtakor» klubi aktsioneriga aylanishi mumkin. Bu haqda Uz24 axborot portali yozmoqda.
«Toshkentda mish-mish avjida. Emishki «Arsenal» klubining egalaridan biri bo‘lgan Alisher Usmonov «Paxtakor» aktsiyadoriga aylangan. Kuni kecha u ilk marotaba O‘zbekiston davlat kanaliga ham intervyu bergan edi. Ikki davlat o‘rtasida kelishilanayotgan loyihalarning istiqboli to‘g‘risida gapirib o‘tgan milliarderning, «Paxtakor»ni rostdan ham boshqaradimi yoki yo‘q, bu savolga klubdan hozircha hech qanday rasmiy ma’lumot yo‘q», deyiladi xabarda.
Nashrning eslatishicha, bundan bir necha yil muqaddam, Alisher Usmonov «Navbahor» klubini sotib olishi mumkinligi haqida gaplar chiqqan, biroq bu ham mish-mishligicha qolib ketgandi.