Oʻzbekiston prezidenti bir necha kun oldin Buxoroning sayyohlik salohiyatini 2017-2019 yillarda izchil rivojlantirish haqida qaror imzolagan edi. Ushbu qarorda Buxoroda zamonaviy mehmonxonalar, madaniy sogʻlomlashtirish va savdo-koʻngilochar markazlari boʻlgan «Qadmiy Buxoro» erkin turistik zonasi tashkil qilish belgilangan.
Foto: Reuters
«Qadmiy Buxoro» erkin turistik zonasiga sarmoyalar kiritishni taʼminlash Oʻzbekiston Milliy banki zimmasiga yuklatilgan. Ushbu sarmoyalarning bir qismi, kelib chiqishi Oʻzbekistondan boʻlgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning xayriya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan boʻladi, deya xabar bermoqda «Sputnik Oʻzbekiston«.
Yangi tashkil qilinayotgan turistik zona hududi iyul oyining oxiriga qadar belgilab olinadi va u 10 gektardan katta joyni egallaydi. Ushbu hudduda tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan, sarmoya kiritgan korxonlar 2020-yilning 1-yanvariga qadar yer, mulk, daromad, ijtimoiy muhitni rivojlantirish soliqlari hamda mikrofirmalar uchun yagona soliqdan ozod qilinadi.
Undan tashqari Buxoroga sayyohlarni jalab qilishga qaratilgan yana bir yirik loyiha «Asaka» banki tomonidan amalaga oshiriladi. «Shahriston» — loyihasi bir necha ikki qavatli binolardan tashkil topgan yopiq bozor va hunarmandlar shaharchasi boʻlib u yerda suvenir mahsulotlar, tilla-zargarlik buyumlari, mevalar, shirinliklar sotiladi.
Shuningdek, ushbu hududlarlarda teatrlashtirilgan kontsert dasturlari, folklor ansambllar chiqishlari va bepul Wi-Fi xizmati tashkil qilinadi. Buxoroning tarixiy obidasi — «Ark» majmuasi 2021-yilga qadar toʻliq restavratsiya qilinadi, uning buzilib ketgan ichki hovli qismi qayta tiklanadi.
Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi Buxoro brendini ishlab chiqarishi va uni butun dunyoga keng targʻib qilishi kerak. Ushbu maqsad yoʻlida Buxoroda bir necha festivallar va sayllar oʻtkazish rejalashtirilgan. Ular orasida «Ipak va ziravorlar», «Qovun sayli», «Buxoro kuni», «Sharq taomlari», «Buxoro hunarmandlari» kabi festivallar bor.
Shu bilan bir qatorda shahar obodonlashtirishda davom etadi. Markaziy qismi toʻlik rekonstruktsiya qilinadi. U yerda yangi suvenir magazinlari, bankomatlar oʻrnatiladi. Shu bilan bir vaqtda Buxoroning tarixiy obidalaridan tashqari boshqa turistik obʼyektlaridan ham keng foydalanish rejalashtirilgan. «Agutma» va» «Qoraqir» koʻllari, Jayron» ekologik makazi, «Afshona» muzeyi shular jumlasidandir.
Ushbu loyihalar amalga oshirilishi natijasidi 2017-2021-yillarda hududga kelayotgan sayyohlar soni oʻrtacha 2 baravarga oshishi kerak.