Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan.
Turon24 manbasining xabariga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu haqdagi qarorni 25-oktabr kuni imzolagan.
Manbaning tasdiqlashicha, Alisher Sa’dullayev O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tishi kutilyapti. 2018-yil avgust oyida sobiq birinchi o‘rinbosar Odil Tojiyev Toshkent viloyati hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Xalq ta’limi vazirligida uning o‘rniga kim tayinlanishi hozircha noma’lum.