«Paxtakor» futbol klubi Akmal Shorahmedov bilan kelishuvga erishilganini malum qildi, deya xabar bermoqda «Chempionat.asia» nashri.
Oxirgi mavsumni «Nasaf»da o‘tkazgan o‘ng qanot himoyachisi bilan «Paxtakor» futbol klubi ikki yillik shartnomaga imzo chekdi.
«Paxtakor» tarbiyalanuvchisi sanalgan Shorahmedov o‘tgan mavsumda 28 uchrashuvda 1 gol urishga erishdi.
Faoliyatining asosiy qismini Akmal 2011-2016-yillarda «Bunyodkor» tarkibida o‘tkazgan.
Oliy ligada jami 286 bellashuvda maydonga tushgan Shorahmedov va 11 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. «Bunyodkor» safida ikki marta O‘zbekiston chempionligiga ega chiqqan.