«Afrosiyob» poezdining Samarqandga qatnovi vaqtinchalik to‘xtatildi

2017-yilning 3, 4, 5-noyabr kunlari Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qatnayotgan №764/763 sonli «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdining qatnovi texnik sabablarga ko‘ra to‘xtatiladi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari»

Qayd etilishicha, mazkur qatnov kunlariga xarid qilingan chiptalar hech qanday foiz ushlanmasdan temir yo‘l kassalarida qaytarib olinadi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun qisqa 1005 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan.

Latest from Blog