Afg‘onistonda avtomobil boshqarib kelayotgan xudkush xavfsizlik xizmatchilari karvoniga borib urildi. Oqibatda avtomobil ichidagi portlovchi modda harakatga kelgan. Bu haqda mamlakat IIBsiga tayanib Associated Press xabar bermoqda.
Foto: Новости Армении
Portlash oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi. Xabarga ko‘ra, terroristning maqsadi AQSh harbiylariga hamrohlik qilib kelayotgan xavfsizlik xodimlari bo‘lgan. Biroq, portlashda tinch aholi zarar ko‘rgan.
Portlashdan 6 kishi jiddiy jarohat olgan. Ular orasida bolalar ham bor.