Afg‘onistonning Logar provintsiyasida NATO vertolyoti halokatga uchradi va natijada bir askar halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press’ga tayanib Gazeta.ru xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, 6 kishi turli tan jarohatlarini olgan. Ularning barchasi kasalxonaga yotqizildi.
Ittifoqning matbuot xizmati vertolyot dushman tomonidan o‘qqa tutilmaganligini, halokatning sababi esa hozircha aniqlanayotganini ma’lum qildi.