Afg‘onistonda namoyishlar chog‘ida uyushtirilgan portlashda 32 kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston sharqidagi Nangarxar viloyatida norozilik namoyishlari chog‘ida xudkush terrorchi portlovchi qurilmani ishga tushirdi. Oqibatda 32 kishi halok bo‘ldi, yana 128 kishi yaralandi, deya xabarda bermoqda “RIA Novosti”.

Foto: Reuters

Norozilik aksiyalari mahalliy politsiya shefining iste’fosiga erishish maqsadida tashkil qilingan edi.

Ayni vaqtgacha ekstremistik guruhlardan hech biri portlash uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olganicha yo‘q.

Fikr bildirish

Latest from Blog