Afg‘onistonda dafn marosimi chog‘ida portlash uyushtirildi. 15 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonning Jalolobod shahrida xudkush dafn marosimi chog‘ida o‘zini portlatib yubordi. Buning oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Foto: Gazeta.ru

Xaska Mino viloyatining sobiq rahbari dafn etilishi munosabati bilan motam marosimi bo‘lib o‘tayotgan edi. Terakt o‘sha marosim chog‘ida uyushtirildi.

Portlashda, shuningdek, 13 kishi jarohatlandi.

Fikr bildirish

Latest from Blog