O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi.
Oliy martabali mehmon Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
Afg‘oniston Prezidenti Mustaqillik maydoni O‘zbekistonning tinchliksevar siyosati, o‘zbek xalqining bunyodkorlik va farovonlik yo‘lidagi ezgu intilishlarini aks ettiruvchi noyob majmua ekanini ta’kidladi. Maydonning o‘ziga xos manzarasi, chuqur mazmun-mohiyatiga yuqori baho berdi.