Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani Buxoro davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi va ma’ruza qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Mazkur universitet mamlakatdagi yirik bilim maskanlaridan biridir. Undagi 8 fakultetda 7 mingdan ziyod talaba va magistr ta’lim olmoqda.
«Dunyo ilm-fani va islom olamida katta o‘rin tutgan Buxoroi sharifni ziyorat qilish orzuim edi. Muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyevga bu imkoniyatni yaratib bergani uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. O‘zbekiston zaminidan Imom Buxoriy va Imom Termiziy kabi buyuk allomalar yetishib chiqqan. Bu yerda ta’lim olayotgan yoshlar mana shunday bobolariga munosib bo‘lib voyaga etishmoqda», – dedi Prezident Muhammad Ashraf G‘ani.
Uchrashuv davomida Muhammad Ashraf G‘aniga Buxoro davlat universiteti faxriy doktori unvoni berilgani to‘g‘risida diplom topshirildi.
Afg‘oniston rahbari universitetning Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat qo‘ydi.