Rasmiy Kobul Moskvada radikal Tolibon harakati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan muzokaralarda qatnashmaydi, dex xabar qildi Tolo News.
Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligining vakili Sibghat Ahmadiyning aytishicha, Afg‘oniston tinchlik muzokaralari jarayonini boshqarishi kerak. Kobul esa Moskvaning muzokaralarida ishtirok etmasligini qo‘shimcha qildi.
4-sentabr kuni Moskva Afg‘oniston bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Rossiya muzokaralarga 12 mamlakatni va Tolibon harakati vakillarini taklif qilgan.
Avvalroq, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Afg‘oniston hukumati va «Tolibon» harakati vakillari uchrashuvda ishtirok etishni rejalashtirganini ma’lum qilgan edi.