Ro‘yo Rahmoniy Afg‘onistonning AQShdagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Bu lavozimni ilk bor ayol kishi egalladi. Oldinroq u Indoneziyada elchi edi.
Afg‘onistonning AQShdagi sobiq elchisi Hamidulla Muhib joriy yil avgust oyida mamlakat prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi.