Oʻzbekiston aholisi 28-oktabr kuni Afgʻonistonda yuz bergan yer qimirlashining taʼsirini sezdi.
“Toshkent” seysmologik stantsiyasi qayd etishiga koʻra, yer qimirlashi episentri Toshkentdan janubi-sharqiy yoʻnalishda 535 km masofada, Afgʻoniston Respublkasi hududida joylashgan.
“Yer qimirlashi magnitudasi episentra M=5,7 ballni tashkil qildi. Toshkentda his etilgan yer osti silkinishlari kuchi 3 ballni tashkil qildi. Oʻzbekistonning boshqa hududlarida yer qimirlashi sezilmadi”, — deyilgan seysmostansiya xabarida.
Olimlar fikriga koʻra, yer qimirlashi odatda tektonik plitalar bir-biriga tutashgan hududlarda sodir boʻladi. Yer shari bir necha ulkan plitalardan iborat boʻlib ular bir-biriga nisbatan doimiy ravishda harakatlanib turadi. Tektonik plitalar bir-biriga toʻqnashgan joylari yer qimirlashi episentriga aylanadi.