Afgʻoniston rahbari Ashraf Gʻani 4-dekabr kuni Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi, bu haqda Afgʻonistonning Oʻzbekistondagi elchixonasi xabar berdi.
Muzokaralar davomida Oʻzbekiston Respublikasi rahbariyati bilan ikkiyoqlama hamkorlik masalalari muhokama etilishi rejalashtirilmoqda.
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabariga koʻra, 2017-yilning 29-noyabr kuni Oʻzbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidentining iqtisodiy masalalar boʻyicha katta maslahatchisi Humoyun Qayumiy va Prezidentning MDH mamlakatlari va Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha maxsus vakili Muhammad Shokir Korgarni qabul qildi.
Muzokaralarda oliy darajada boʻlajak Oʻzbekiston-Afgʻoniston uchrashuviga tayyorgarlik koʻrishning amaliy masalalari, xususan ikki tomonlama hujjatlar loyihalari muhokama qilindi.