Davlat test markazi saytida oliy taʼlim muassasalariga 2017-yilgi qabul haqida maʼlumotlar jadvali paydo boʻldi.
Foto: Fikr.uz
Jadvalda OTM nomi, belgilangan kvotalar hamda shu kungacha hujjat topshirgan abituriyentlar soni va har bitta oʻrin uchun nechta abituriyent toʻgʻri kelishi koʻrsatilgan.
Ayni vaqtda roʻyxatning yetakchi oʻrnini Andijon davlat universiteti egallab turibdi.
Andijon davlat universiteti qabul komissiyasiga 419 abituriyent oʻz hujjatini topshirgan.
Ikkinchi oʻrinda Guliston davlat universiteti bormoqda — abituriyentlar soni 409 nafar.
368 nafar abituriyenti bilan Qarshi universiteti abituriyentlar eng koʻp hujjat topshirgan OTMlar uchligini yakunlagan.
Oʻzbekiston milliy universiteti, Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi, Milliy rassomlik va dizayn instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi va uning Urganch filiali, Termiz davlat universiteti, Fargʻona politexnika instituti va boshqa OTMlarga esa hali birorta hujjat topshirilmagan.