Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe, KXDR Oliy Kengashi raisi Kim Yong Namdan Shimoliy Koreya maxsus xizmatlari tomonidan o‘g‘irlab ketilgan Yaponiya fuqarolarini qaytarib berishni talab qildi, deya xabar beradi RIA Novosti.

«Men to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qat’iyat bilan janob Kim Yong Namdan o‘g‘irlanganlar muammosini hal qilishini va ularni darxol uylariga qaytarilishini so‘radim», dedi Abe.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u Yaponiya hukumatining yadro va raketa dasturi masalasi bo‘yicha pozitsiyasini ham ifoda etgan.