Abdulla Aripov Dmitriy Medvedev bilan uchrashdi

Rossiya va O‘zbekiston hukumat raislari Dmitriy Medvedev hamda Abdulla Aripov 2-noyabr kuni Toshkentda uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda TASS xabar beradi.

Foto: “Kommersant.uz”

Uchrashuv chog‘ida Dmitriy Medvedev barcha idoralar bo‘yicha rivojlanib borayotgan o‘zaro aloqalar mavjudligini ta’kidladi. «Eng muhimi, ular faqat shunchaki aloqalar, oddiy muloqotlar emas, balki aniq kelishuvlarda mujassam bo‘lmoqda. Bugun haqiqatdan ham hujjatlarning katta to‘plami imzolanadi», – dedi Rossiya hukumat raisi.

Tomonlar shuningdek, imzolanishi kutilayotgan hujjatlar to‘plamining ahamiyati muhim ekanini qayd etishdi.

«Bugungi uchrashuv va bugun imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlar, albatta, iqtisodiyotimiz o‘sib borishini ta’minlashga xizmat qiladi va o‘zaro manfaatli hamkorlik ham rivojlanib boraveradi, deb o‘ylayman», – deya ta’kidlab o‘tdi Aripov.

Latest from Blog