2017-yilning 24-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Toshkent shahridagi elchixonasiga tashrif buyurdi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Foto: AFP / Yasser Al-Zayyat
Vazir 22-may kuni Manchester shahrida amalga oshirilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etdi va elchixonada ochilgan Hamdardlik kitobiga qayd kiritdi.
O‘z navbatida elchi Kristofer Allan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Buyuk Britaniya uchun qayg‘uli pallada hamdarlik va dalda so‘zlarini bildirib Bosh vazir Tereza Mey nomiga yo‘llagan maktubi uchun O‘zbekiston tomoniga samimiy minnatdorchilik bildirdi.