/

Abdulaziz Komilov tashqi ishlar vaziri lavozimidan ketdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining tegishli farmonlari bilan Tashqi ishlar vazirligida o‘zgarishlar amalga oshirildi.

Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri lavozimini egallab kelgan Abdulaziz Hafizovich Komilov prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

O‘z navbatida, Vladimir Imamovich Norov O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, uning zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajarish yuklatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan Bobur Masudovich Usmonov prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

  • Abdulaziz Komilov 2012 yildan beri O‘zbekiston tashki ishlar vaziri sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi. U 2022 yil martida u salomatligidagi muammo tufayli xorijga davolanishga ketgani ma’lum qilindi. Uning sog‘ligi 17 mart kuni Senat yalpi majlisidagi chiqishidan keyin yomonlashgan.
  •  Vladimir Norov 2006-2010 yillarda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bo‘lib ishlagan, 2019-2021 yillarda Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi lavozimida bo‘lgan. 2021 yil dekabrida O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Fikr bildirish

Latest from Blog