Abdulaziz Kamilov Rossiya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

2018-yilning 18-yanvar kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi.

Foto: O‘zbekiston TIV matbuot xizmati

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik masalalarining keng ko‘lami yuzasidan fikr almashildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari tarixida 2017-yil yuqori dinamika hamda oliy va boshqa darajalardagi faol aloqalar, an’anaviy yo‘nalishlar bilan bir qatorda yangi sohalarda ham hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish yili bo‘ldi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida turli shakllarda o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy jihatlarga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbatda mintaqaviy xavfsizlik, Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi va kelgusidagi amaliy uchrashuvlar yuzasidan ham fikr almashildi.

Fikr bildirish

Latest from Blog