Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrif bilan kelgan Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Pekin shahrida Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati.

«Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning muhim masalalari, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 11-13-maydagi davlat tashrifi va Xitoy rahbariyati bilan muzokaralari doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi», — deyiladi xabarda.
Suhbat chogʻida vazirlar «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik» nomli Afgʻoniston boʻyicha boʻlajak konferentsiya kun tartibiga alohida eʼtibor qaratishdi.
Konferentsiya Oʻzbekiston va Afgʻonistonning qoʻshma tashabbusiga koʻra Toshkent shahrida oʻtkaziladi.
Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi.