O‘rta yer dengizida Yevropaga ketishga harakat qilgan muhojirlarni tashiyotgan qayiq Liviya qirg‘og‘idan uzoq bir nuqtada cho‘kib ketdi. Oqibatida 97 kishi halok bo‘ldi.
Liviya Sohil xavfsizlik xodimlari, Tripoli shahrining 10 kilometr izoqlikdagi qirog‘ida muhojirlarning qayig‘ini cho‘kib ketganligini payqab qolgan. Asli afrikalik bo‘lgan 120 nafar muhojirni o‘z ichiga olgan qayiqdan faqatgina 23 kishi qutqarib qolindi.
Halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi bolalardan va ayollardan iborat edi va ular O‘rta yer dengizida g‘oyib bo‘lgan.
Liviya Yevropaga dengiz yo‘li orqali yetib borishni umid qilgan muhojirlarning eng asosiy yo‘liga aylangan. Siyosiy muammolar avj olgan ushbu mamlakatdan oxirgi 3 yil mobaynida 150 mingdan ortiq immigrant Italiyaga ketgan.
2016-yilning o‘zida 4 ming 500dan ortiq muhojir Liviya qirg‘og‘iga uzoq nuqtada cho‘kib halok bo‘lgan.