Janubiy Koreya va Amerika Qo‘shma Shtatlari ikkala mamlakat tarixidagi eng yirik harbiy mashqlarni boshladi. Bu haqda «Yonhap»ga tayanib «Gazeta.ru» nashri xabar bermoqda.
Vijilant Ace mashqlari Koreya yarim orolida o‘tkaziladi va besh kun davom etadi. Unda 230 dan ortiq jangovar samolyot va 12 mingga yaqin askar ishtirok etmoqda.
Mashg‘ulotlarda oltita F-22 Raptors va yana oltita F-35A samolyotlari ishtirok etmoqda.