Toshkentdagi kafelarda 16 nafar fohisha qo‘lga olindi

25-noyabr kuni soat 23:30 da, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Chilonzor tumani hududida o‘tkazilgan «Tozalash-antiterror» tadbiri davomida, «JAGUAR», «SHABNAM» va «DON» kafelarida jami 45 nafar fuqarolar shaxsini aniqlash maqsadida tuman Ichki ishlar boshqarmasiga olib borilgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Tekshiruv davomida, mazkur shaxslardan 16 nafari fohishalik bilan shug‘ullanuvchi ayollar ekanligi aniqlanib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalariga asosan bayonnomalar rasmiylashtirilib, IIBB Reablitatsiya Markaziga topshirildi.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Shuningdek, 5 nafar fuqarolar «JAGUAR» kafesi oldida spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzib, o‘zaro janjallashib turgan vaqtlarida, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan ushbu shaxslarning harakatlariga chek qo‘yilib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalariga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Latest from Blog