9 nafar o’zbekistonlik Qozog’istondagi YTH sabab halok bo’ldi. Bu haqda “UzNews.uz” Qozog‘iston Respublikasi IIV favqulodda vaziyatlar uyushmasi rasmiy vakiliga tayanib xabar qildi.
Foto: Алау-ТВ
Qozog‘iston IIV ma’lumotiga ko‘ra, 22-iyun kuni soat 10:20 da Aktobe viloyati Aytekebi tumanida harakatlanib kelayotgan ikki qavatli “Mercedes” rusumidagi avtobus ag‘darilib ketgan. Avtobusda 52 ta yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan 50 nafari o‘zbekistonlik, 2 nafari qozog‘istonlik fuqarolar bo‘lgan.
Hodisa natijasida 9 nafar (O‘zbekiston fuqarolari) kishi halok bo‘lgan, 18 nafar jarohatlanganlar ( 17 nafar O‘zbekiston fuqarosi va 1 nafar Qozog‘iston fuqarosi) kasalxonaga yetkazilgan. 25 nafar yo‘lovchiga esa hodisa joyining o‘zida tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Aktobe viloyati FVDda 8-713-2- 56-29-62, Aytekebi tumani FVBda 8-713-39-2-56-45 telefon raqamlari ishga tushirildi.