Islom Karimovning qabri ustida barpo etiladigan yodgorlik majmuasi suratlari e’lon qilindi


O‘zbekiston Birinchi Prezidenti xotirasini abadiylashtirish maqsadida Prezident Islom Karimov dafn etilgan maskanda yodgorlik majmuasini barpo etishga oid qaror qabul qilindi. Bu haqda Lola Karimova-Tillayeva o‘z Facebook sahifasida ma’lum qildi.

Respublika komissiyasi hamda Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish Bosh boshqarmasi tomonidan Prezident Islom Karimov dafn etilgan Hazrat Xizr masjidi majmuasi hududida maqbaraning qurilish loyihasi ishlab chiqilib, taqdim etildi.

O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakolatxonasi tomonidan mazkur loyihani YuNESKOning Butunjahon merosi markazi va IKOMOS (Yodgorlik va me’moriy obidalarni saqlash Xalqaro kengash) bilan muvofiqlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Butunjahon merosi markazi va IKOMOS tashkilotlari yodgorlik obidasini qurish loyihasi bilan tanishib chiqdi. Mazkur xalqaro tashkilotlarining mutaxassislari 2016-yilning dekabr oyida Hazrat Xizr masjidiga tashrif buyurib, qurilish ishlarini YuNESKO mezonlariga muvofiq holda, ya’ni Butunjahon me’rosi obyektining tarixiy ko‘rinishini saqlab qolgan holda amalga oshirish borasidagi tavsiyalarini O‘zbekistonga yo‘lladi.

“Loyiha ustida olib borilayotgan ish jarayonidan mamnunmiz va umid qilamizki, maqbarani qurish bo‘yicha ishlar yaqin kelajakda boshlab yuboriladi. Ushbu fotolavhada maqbaraning kelajakdagi ko‘rinishiga oid suratlarni sizning e’tiboringizga havola etmoqchimiz”, — deyiladi postda.

Fikr bildirish

Latest from Blog