BMT bosh kotibi Antoniu Guterreshning Oʻzbekistonga tashrifi Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimovning qabrini ziyorat qilish bilan boshlandi.
Foto: Uznews
Bugun BMT bosh kotibi Samarqand shahriga tashrif buyurdi va Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi, deb xabar bermoqda Uznews.uz.
BMT rahbari kunning ikkinchi yarmida Nukusga tashrif buyurishni hamda Orol dengizidagi kemalar qabristonini koʻrishni rejalashtirgan.
Shuningdek, BMT va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlik holati va uni rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga ega masalalar, jumladan, Orol halokati oqibatlarini yumshatishni muhokama qilish koʻzda tutilgan qator uchrashuv va muzokaralar oʻtkazish rejalashtirilgan.