27 nafar davlat notarial idoralari notariuslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Adliya vazirligi va hududiy adliya boshqarmalari tomonidan davlat notarial idoralari xodimlari mehnat va ijro intizomiga rioya qilinishining umumiy ahvoli bo‘yicha 312 marotaba reydlar o‘tkazilgan va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan 67 nafar davlat notarial idora xodimlariga nisbatan tegishli intizomiy javobgarlik choralari qo‘llanilgan. Bu haqida Adliya vazirligining axborot xizmati UZ24 ga ma’lumot berdi.

Foto: od.ua

Adliya vazirligi tomonidan notarial idora faoliyati yuzasidan kelib tushgan murojaatlar vazirlik va hududiy adliya boshqarmalari tomonidan o‘rganilib, o‘z tasdig‘ini topgan murojaatlar bo‘yicha aybdor xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilib kelinmoqda.

Jumladan, 2016-yilda respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan notarial idora xodimlarining 150 nafariga nisbatan, ya’ni 130 nafariga hayfsan, 22 nafariga jarima intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan hamda 5 nafari egallab turgan vazifasidan ozod qilingan.

27 nafar davlat notarial idoralari notariuslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog