23 yoshli haydovchi pensionerni urib yubordi

7-iyul kuni, soat taxminan 10:30 larda Olmazor tumanining Sog‘bon ko‘chasida haydovchi piyodani urib ketdi. Bu haqda Uznews.uz portali xabar qildi.

Tergov davomida aniqlanishicha, 1994-yilda tug‘ilgan «Matiz» rusumli avtomashina haydovchisi mashina boshqaruvini yo‘qotib, 1950-yilda tug‘ilgan pensionerni urib yuborgan.

YTH natijasida olingan tan jarohatlari sababli jabrlanuvchi kasalxonaga yetkazilayotgan paytida olamdan ko‘z yumdi.

Fikr bildirish

Latest from Blog