O‘zbekistonda 2022-yilning yanvar—dekabr oylarida 328 118 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Yil davomida O‘zbekistonda eng ko‘p Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan — 101 617 dona. Cobalt 2021-yilning mos davrida ham eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil bo‘lgan edi.
Bu borada ikkinchi o‘rinda 87 105 dona bilan Gentra avtomobili borayotgan bo‘lsa, Damas 72 235 talik ko‘rsatkich bilan uchinchi bo‘lgan.
anvar—dekabr oylarida, shuningdek, quyidagi avtomobillar ishlab chiqarilgan:
- Nexia — 22 245 dona;
- Spark — 14 464 dona;
- Tracker — 9 088 dona;
- Volkswagen Caddy — 423 dona;
- Maxsus yengil avtomobillar — 20 941dona.
Shuningdek, dekabr oyining o‘zida 11 378 ta Cobalt, 6 627 ta Gentra avtomobili ishlab chiqarilgan.
Biroq dekabr oyidan boshlab Lacetti, Cobalt, Damas va Labo avtomobillariga shartnomalar qabul qilish rasman to‘xtatildi.