2022-yil uchun paxtaning minimal narxlari e’lon qilindi

Foto: Sourcing Journal

Qishloq xo‘jaligi vazirligi jahon bozori narxlari tahlilidan kelib chiqib, 2022-yil uchun paxta xomashyosining minimal narxlarini e’lon qildi.

Jahon bozorida shakllangan narxlar, mas’ul etib belgilangan vazirlik va idoralarning takliflarini inobatga olgan holda O‘zbekistonda yetishtirilgan 1 tonna o‘rta tola navli paxta xomashyosining minimal narxi QQS bilan birga 10 mln 25 ming so‘mni tashkil etdi.

Shuningdek, 1 tonna ingichka tola navli paxta xomashyosining minimal narxi QQS bilan birga 15 mln 125 ming so‘mni tashkil etadi.

Ushbu tavsiya etilayotgan minimal narxdan kelib chiqqan holda paxta xomashyosini yetishtiruvchi va uni qabul qiluvchi subyektlar shartnomaviy munosabatlar doirasida narxlarni mustaqil ravishda belgilaydi.

Avvalroq O‘zbekistonda paxta maydonlari uchun subsidiya ajratishning vaqtinchalik tartibi belgilangani haqida xabar berilgandi.

Fikr bildirish

Latest from Blog