2020-yilning eng ommabop kitoblari

Dunyo miqyosida yilning eng ko‘p o‘qilgan kitoblari reytingidan bu gal hikoyalar to‘plamidan tortib detektiv romanlargacha, yana tarixiy va psixologik ruhdagi asarlarni ham topa olasiz. Trendda bo‘lish uchun trenddagi kitoblarni mutolaa qiling.

0 YcGrjQcfzrDkAxAB

“Oddiy odamlar”, Salli Runi

Marianna va Konnell ismli sinfdoshlar haqidagi sirli roman kutilmagan paytda va og‘riqli tarzda tugaydi. Bolalar tasodifan Dublinga ko‘chib o‘tadilar, shu yerda uchrashadilar. His tuyg‘ular va imkoniyat bir nuqtada tutashadi. Kitob katta muvaffaqiyatga erishib, uning voqelari asosida “Oskar” mukofoti sohibi rejissor Lenni Abrahamson film suratga oladi.

“Yo‘qolish”, Gillian Flinn

Gillian Flinn asarlari bir necha yillardan buyon juda mashhur. Muallif nufuzli xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Ushbu asarning markazida esa Emi va Nik, ularning mukammal juftligi va kun kelib bu tuyg‘ularning yo‘qolib borishi tasvirlangan. Roman “The New York Times” va “Publishers Weekly”ning eng yaxshi reytingida turgan va Devid Fincher tomonidan film suratga olingan.

“Sokin bemor”, Aleks Mayklides

Asarda muvaffaqiyatli rassom Alisa Berenson turmush o‘rtog‘ini o‘ldirishda ayblanadi. Barcha dalillar uning aybdorligini ko‘rsatar, ammo qahramon hech narsa demasdi. Jinoiy psixoterapevt va yana Alisa ijodining muxlisi Teo Faber jinoyatni ochishga qaror qiladi. Bu kitob asosida olingan film ham muvaffaqiyatli bo‘lgan.

“Zuleyha ko‘zlarini ochdi”, Guzel Yahina

Guzel Yahinaning “Zuleyha ko‘zlarini ochdi” debyut romani birinchi marta 2015-yilda nashr etilgan bo‘lsada, so‘nggi yillardagi eng yorqin adabiy voqealardan biri bo‘ldi. Asar kitobxon va tanqidchilarning e’tirofiga sazovor bo‘lib, muallifni “Katta kitob”, “Yil kitobi” va “Ясная Поляна” nufuzli adabiy mukofotlarning sohibiga aylantirdi. Roman dunyoning 32 tiliga tarjima qilingan.

1930 yil. Qishloq ayoli Zuleyha o‘zining tatar qishlog‘idan chiqarilib Sibirga – qattiq mehnatga jo‘natiladi. Kitob mamlakat tarixining eng shafqatsiz davrlaridan biri va tog‘da omon qolishi kerak bo‘lgan odamlar hayotini hikoya qiladi.

“Janjaldan keyin”, Anna Todd

Bir qator “kitob”laridan keyin qisqa vaqt ichida yosh yozuvchi Anna Todd havaskorlikdan professional muallifga aylandi. Uning mazkur asari dunyoda kattagina shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Asar qahramonlari Tessa va Hardin bir-birlari uchun yaratilgan. Lekin ularning munosabatida turfa xil qarashlar bor. Ular nega takror-takror sevgisini isbotlashga urinadi? Javob esa faqat kitobda.

“Sapiens. Insoniyat hayotining qisqacha tarixi”, Y. N. Harari

Isroil tarixchisi Y. N. Harari ming yillar davomida insoniyatning qanday shakllangani, o‘tmish voqealari va uning hozirgi kunga ta’siri, bugungi kun muammolariga bog’liqligini aks ettiradi.

Aqlli odam dunyoni qanday fath qila oldi? Boshqa turdagi odamlar bilan nima yuz berdi? Qachon va nima uchun pul, davlat va din paydo bo‘ldi? Imperiyalar qanday paydo bo‘ldi va qulab tushdi? Ilm-fan va kapitalizm qanday zamonaviy davrning asosiy e’tiqodlariga aylandi? Odamlar vaqt o‘tishi bilan baxtli bo‘ladimi? Bizni qanday kelajak kutmoqda? Kitobxon mutolaa davomida shunday savollarga javob oladi.

“Gripp Petrov va uning atrofida”, Aleksey Salnikov

Aleksey Salnikov 1978-yilda Tartu shahrida tug’ilgan, uch she’riy to‘plam muallifi. Ammo haqiqiy shon-shuhratni unga “Gripp Petrov va uning atrofida” romani keltirdi.
Avtomobil mexanigi Petrov gripp bilan kasallanib, kutubxonachi xotini va o‘g‘liga ham yuqtiradi. Bir qarashda oddiy bir hikoya. Ammo asar turli mukofotlarga munosib ko‘rilgan va Kirill Serebrennikov tomonidan film suratga olingan.

“Ayollar shahri”, Elizabet Gilbert

Millionlab o‘quvchilarning sevimli yozuvchisi Elizabet Gilbert ayollar bilan axloqiy erkinlik chegarasini va haqiqiy sevgining o‘ziga xos xususiyatlarini jasorat bilan o‘rganadi. Asar muallifga yana muvaffaqiyat keltirgan.

“Kamroq narsa ko‘proq narsani anglatadi. Minimalizm ongli va baxtli hayot yo‘lidir”, Joshua Beker

Mashhur minimalizm blogining yaratuvchisi Joshua Beker minimalizm hayotni yanada muvaffaqiyatli, qiziqarli va uyg‘un holga keltirishga yordam beradi, deb hisoblaydi. Kitobida u bo‘sh joyni yo‘qotish sirlarini baham ko‘radi, reklamaga munosabat, tushlar haqida yozadi. Uning har bir sahifasi bizda kamroq narsalar borligini isbotlaydi.

“Noma’lum qiz”, Yelena Ferrante

“Noma’lum qiz” – nozik va psixologik roman. Kitob italyan tili professori Leda va uning qo‘rqinchli o‘tmishi haqida. U xatolari uchun o‘zini kechira oladimi? Asar muallifi o‘ta sirli, qahramonlar taqdiri bilan o‘zini fosh etishni istamaydi. Roman dunyoning 40 tiliga tarjima qilingan, muallif 2016-yilda dunyoning eng nufuzli 100 kishisi ro‘yxatiga kirgan edi.

“Pofigizmning nozik san’ati”, Mark Manson

Ommabop blogger Mark Manson muvaffaqiyatga erishish uchun zamonaviy odamni baxtsiz qiladi. Muallif nima qilish kerakligi, vaqtni sarflash va boshqalarning fikriga qanday munosabatda bo‘lish haqida nostandart texnikani taklif qiladi. Uning hayot falsafasi oddiy – pofigizm san’atini o‘rganish kerak.

Fikr bildirish

Latest from Blog