2018-yilda telefon raqamlarining 9 belgili tizimiga o‘tiladi

2018-yildan O‘zbekiston telefon raqamlarining 9 belgili tizimiga o‘tadi, deb ma’lum qiladi «O‘ztelekom» kompaniyasining Facebook’dagi sahifasi.

Foto: Uz24.uz

Xabarda qayd etilishicha, Xalqaro elektr aloqa uyushmasining tavsiyalari hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan «O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari raqamlari tizimi va rejasi» talablariga muvofiq mazkur qaror qabul qilingan.

«Joriy yilda telefon raqamlari yana ikkitaga uzayadi. Endilikda avval terilmagan hudud kodi teriladi, bu bilan shaharlararo raqamlarni terish jarayoni soddalashadi. 7 belgiligi raqamlardan 9 belgili raqamlarga o‘tish – davr talabi. Bu mobil aloqa operatorlarining raqamlar zaxirasi deyarli tugagani, aloqa xizmatlariga bo‘lgan talab esa kundan-kunga ortib borayotgani bilan izohlanadi», deyiladi xabarda.

Fikr bildirish

Latest from Blog