O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2018-yilda joriy “7 raqamli” telefon raqamlari tizimidan “9 raqamli” tizimga o‘tishni rejalashtirmoqda.

Ushbu o‘zgarishlar xalqaro elektraloqa ittifoqi taklifi va RH 45-101:2013 raxbariy hujjati asosida amalga oshiriladi.
Xo‘sh, ushbu o‘zgarishlar natijasida nima o‘zgaradi. Xozirda siz shahar telefoni orqali Toshkent shaxrida joylashgan abonentga qo‘ng‘iroqni amalga oshirish uchun misol tariqasida 245-45-45 raqamlari tergan bo‘lsangiz, ushbu o‘zgarishlardan so‘ng esa 71-245-45-45 tarzida raqam terilib qo‘ng‘iroq amalga oshiriladi.
Mobil telefoningiz orqali ham huddi shu tartib amal qiladi. Abonent raqamini to‘liq terilgan holatda esa (+99871 245-45-45) odatiy tarzda qo‘ng‘iroq amalga oshiriladi.