2018-yil 1-avgustdan bir qator tashkilotlar o‘z faoliyatini to‘xtadi, deya xabar qilmoqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali.
Ular quyidagilar:
• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspektsiyasi;
- Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish bosh davlat inspektsiyasi;
- Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspektsiyasi;
- «O‘zsuvnazorat» respublika suv inspeksiyasi;
- «O‘zdavurug‘nazoratmarkaz» qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘ini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi;
- «O‘zstandart» agentligining «O‘zbekiston paxta mahsulotlarini sertifikatlash «Sifat» markazi» davlat korxonasi.