2017-yilning I choragi yakunlariga ko‘ra “Beeline”ning O‘zbekistondagi daromadi 2016-yilning shu davriga nisbatan 7 foizga, 153 mln. AQSh dollarigacha pasayib ketdi. Bu haqda “VEON” kompaniyasiga tayanib UZDaily xabar beradi.
Mobil aloqalar segmentidagi daromad 2017-yilning I choragi yakunlariga ko‘ra 152 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. 2016-yilning shu davridaga daromad 164 mln. AQSh dollaridan iborat edi (-7%).
Ma’lumotlarni uzatishdan tushgan daromad hisobot davrida 40 mln. AQSh dollarini tashkil etdi, bu esa 2016-yilning shu davriga nisbatan 10 foizga ko‘pdir.
2017-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, “Beeline”ning O‘zbekistondagi abonentlar bazasi 9,5 mln. nafarni tashkil etdi. Jumladan, ma’lumotlarni uzatish xizmatidan 4,6 mln. nafar abonent foydalanadi.
2017-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, bir abonent mobil aloqa uchun o‘rtacha oyiga 5,3 AQSh dollarini tashkil etdi, 2016-yilning shu davrida o‘rtacha 5,6 AQSh dollari sarflangandi.
2017-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, bir abonent bir oyda o‘rtacha 537 daqiqa sarflagan, 2016-yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 548 daqiqani tashkil etgandi.