14-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti sifatida qasamyod qilganiga bir yil bo‘ldi. Bu haqda Prezidentning Facebook’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi. Postga video ham ilova qilindi.
Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Konstitutsiyasi va Qur’oni Karimga qo‘l qo‘ygan holda qasamyod qildi. Qasamyoddan so‘ng, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.
2016-yil 9-dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasi 4-dekabr kungi O‘zbekiston Prezidenti saylovining yakuniy natijalarini rasmiy tarzda e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, O‘zLiDePdan nomzodi ko‘rsatilgan Shavkat Mirziyoyev saylovchilarning 88,61 foiz ovozini qo‘lga kiritib, saylovda g‘olib chiqdi.