Ogayo shtatidagi tungi klubda otishma sodir bo‘ldi

AQShning Ogayo shtatida joylashgan Kolumbus shahridagi tungi klubda otishma sodir bo‘ldi. Unda 9 kishi tan jarohati olgan, deya xabar bermoqda mahalliy politsiya mahkamasi.

2017-yilning 16-aprelida soat 03:20 da J&R Party Hall tungi klubi oldida mushtlashuv boshlangan va otishma sodir bo‘lgan. Natijada besh ayol va to‘rt erkak turli tan jarohati olishgan.

Otishmada 20 yoshdan 33 yoshgacha bo‘lganlar jarohatlangani xabar qilinmoqda. Ulardan ikkitasi shifoxonaga juda og‘ir ahvolda olib kelingan, deyiladi The Daily Beast xabarida.

15-aprel kuni AQShning Alabama shtatidagi cherkov yaqinida tashkillashtirilgan Pasxa karnavali vaqtida qurolli otishma sodir bo‘lganligi haqida xabar berilgan edi. Otishmada ikki o‘smir va bir bolakay jarohat olgan edi.

Fikr bildirish

Latest from Blog