11-sentabr voqealari o‘zbek ijodkorlarining «101-REYS» filmida yoritiladi

1

“O‘zbekkino” Milliy agentligi Badiiy kengashining 19-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida 2ta badiiy va 1 ta hujjatli film loyihasi muhokama etildi. Bu haqda agentlikning matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: “O‘zbekkino”

Xabarga ko‘ra, prodyusser Ravshan Norboyev, rejissor Akrom Shohnazarov hamda Erkin A’zam badiiy rahbarligida tayyorlangan “101-reys” badiiy film loyihasining taqdimoti Kengash a’zolari tomonidan bir ovozdan ma’qullangan.

Foto: “O‘zbekkino”

Film real voqeaga asoslangan bo‘lib, unda 2001-yil AQShning Nyu-York shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida Shimoliy Amerika havo hududida qiyin vaziyatda qolgan “O‘zbekiston havo yo’llari” aviakompaniyasiga qarashli Boing-767 yo‘lovchi samolyotining 101-reys ekipaji ko‘rsatgan jasorat haqida hikoya qilinadi.

Foto: “O‘zbekkino”

Yoqilg‘i qolmaganligi sabab eng yaqin aeroportga ham yetib bora olmasligi oydinlashib qolgan 101-reysning kapitani Zarxo‘ja Saidazimov barcha mas’uliyatni zimmasiga olib tavakkal qilishga qaror qiladi, biroq uni oldinda bundanda tahlikali vaziyat kutib turganidan bexabar edi…

Hozirda ushbu loyihaning bosh qahramonlari uchun nomzodlar ko‘rib chiqilmoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog